YER OSTI KONLARDA SAMARALI VENTILYATSIYA TIZIMLARI VA HAVO SIFATINI NAZORAT QILISH
Abstract
Yer osti konlarda ishchilarning xavfsizligi va samarali mehnatini ta’minlashda ventilyatsiya tizimlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu maqolada shaxtalarni “nafas olish tizimi” deb atash mumkin bo‘lgan ventilyatsiya vositasida zararli gazlar va changlarni suyultirish hamda yo‘qotish, kon ichida qulay mikroiqlim yaratilishi kabi jihatlar yoritiladi. Konlar chuqurlashib, texnika kuchaygani sayin havoni tozalash va yetkazib berish tobora qiyinlashib borayotgani aniq misollar bilan keltiriladi. Maqolada zamonaviy ventilyatsiya tizimlarining energiya tejamkorligini oshirish yo‘llari (masalan, Ventilation on Demand texnologiyasi yordamida) va buning natijasida millionlab kVt⋅soat energiya tejash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, havo sifatini real vaqt rejimida nazorat qilish uchun simsiz sensor tarmoqlari, IoT (nesnalar interneti) va sun’iy intellekt asosida rivojlanayotgan yangi yechimlar ham ko‘rib chiqiladi. Natijalar kon havfsizligini oshirish va ish sharoitini yaxshilashda samarali ventilyatsiya va uzluksiz monitoringning muhim o‘rnini tasdiqlaydi.