MUHAMMAD RIZO OGAHIY DEVONLARI VA TARIXIY ASARLARIDAGI TOPONIM HAMDA ANTROPONIMLARNING LINGVOPOETIK VA MATNSHUNOSLIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada Muhammad Rizo Ogahiy devonlari va tarixiy asarlaridagi toponim hamda antroponimlarning lingvopoetik va matnshunoslik xususiyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida Ogahiy asarlarida uchraydigan joy nomlari va shaxs nomlarining semantik, uslubiy hamda poetik vazifalari tahlil qilindi. Shuningdek, toponim va antroponimlarning tarixiy voqelikni yoritish, badiiy obraz yaratish va matnning estetik ta’sirchanligini oshirishdagi o‘rni o‘rganildi. Maqolada nom birliklarining qo‘lyozma nusxalardagi fonetik va grafik variantlari ham matnshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, ularning eski o‘zbek adabiy tilini o‘rganishdagi ahamiyati yoritildi. Tadqiqot natijalari Ogahiy ijodidagi nom birliklari milliy-madaniy xotirani saqlashda ham muhim vosita ekanligini ko‘rsatdi.