Skip to main content
Other

YERDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISH SOHASIDA DAVLAT ORGANLARINING VAKOLATLARI: YER TAQSIMLASH, OLIB QO'YISH VA KADASTR YURITISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARI

Qosimov Muzaffarbek Erkin o'g'liToshkent davlat yuridik universiteti, 70420111-Tabiiy resurslar huquqi mutaxassisligi magistranti
ABI

Abstract

Ushbu tezis O‘zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat organlarining vakolatlarini va faoliyatini, xususan yer uchastkalarini taqsimlash, qayta taqsimlash va olib qo‘yishning huquqiy tartibini, davlat yer nazoratini amalga oshirish mexanizmi hamda kadastr yuritish va yer monitoringining huquqiy-tashkiliy asoslarini ilmiy tahlil etadi. Tadqiqotda PF-6243-sonli Farmon bilan kiritilgan tizimli o‘zgarishlar, elektron auksion mexanizmi, jamoat ehtiyojlari uchun yer olib qo‘yishda adolatli kompensatsiya kafolatlarining huquqiy mustahkamlanishi va UZKAD raqamli kadastr tizimining joriy etilishi ko‘rib chiqiladi. Muallif yer taqsimlashda “ommaviy-huquqiy va xususiy huquqiy elementlar uyg‘unligi” doktrinasi va kadastr ma’lumotlarini “raqamli egizak” sifatida talqin etish g‘oyasini ilgari suradi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references