XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNING MILLIY IQTISODIYOT RIVOJIDAGI AHAMIYATI
Abstract
Bugungi kunda mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini oʻrganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.Investitsiyalar - qayta ishlab chiqarishdan ortgan va endilikda uni kengaytirish, qoʻshimcha daromad olishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar (investitsiyalar) iqtisodiyotning hajm jihatdan oʻsishini, ya’ni, yangi korxonalarning qurilishi, asbob-uskunalar keltirilishi, yangi ish oʻrinlarining yaratilishi ta’minlaydı. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkon yaratadı
Not yet translated