RIVOJLANGAN DAVLATLARDA KOʻP FUNKSIYALI ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TARKIBIY JIHATDAN TAKOMILLASHTIRISH YOʻNALISHLARI
Abstract
Mazkur maqolada jahon miqyosida erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) faoliyat yuritayotgan 140 dan ortiq davlatlar ichida eng yuqori ulushga ega boʻlgan AQSh tajribasi va uning iqtisodiy oʻsish jarayonlariga ta'siri tahlil qilingan. Bugungi kunda AQShda EIZlarning umumiy soni 266 tani tashkil etib, ularning asosiy qismini tashqi savdo hududlari (TSH) tashkil etadi va bu koʻrsatkich barqaror ravishda ortib bormoqda. Mamlakatda mazkur zonalarning qamrov maydoni kengligi sababli, EIZ tizimi tahlil qilinganda, asosan, tashqi savdo hududlari modeli nazarda tutiladi. Vaholanki, AQSh iqtisodiyotida, shuningdek, 1500 dan ortiq xususiy tadbirkorlik zonalari va 200 dan ziyod innovatsion texnoparklardan iborat koʻp funksiyali institutsional tuzilmalar ham muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatmoqda. Maqolada AQShda tashkil etilgan EIZlarning tarkibiy turlari va strategik maqsadlari tizimli oʻrganilib, ularning hududiy mutanosib rivojlanishni ta'minlash hamda tashqi savdo faoliyatini diversifikatsiyalashdagi oʻrni yoritib berilgan.