INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA QO'RQUVNI IFODALOVCHI PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING QIYOSIY LINGVO-AKSIOLOGIK TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida qo‘rquvni ifodalovchi paremiologik birliklar (maqol, matal va iboralar) qiyosiy lingvo-aksiologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda qo‘rquv konseptining ikki xalq til manzarasida aks etishi, uning milliy-madaniy xususiyatlari hamda qadriyatlar tizimi bilan bog‘liqligi yoritiladi. Ingliz va o‘zbek paremiologik birliklarida qo‘rquvning semantik, pragmatik va aksiologik jihatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning umumiy va o‘ziga xos tomonlari aniqlanadi. Mazkur birliklar orqali xalqning dunyoqarashi, ijtimoiy tajribasi va axloqiy qadriyatlari namoyon bo‘lishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari lingvokulturologiya, paremiologiya va qiyosiy tilshunoslik sohalari uchun muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.