MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY XAVFSIZLIK KOMPLEKSINING SHAKLLANISH OMILLARI
Abstract
Maqolada xalqaro munosabatlar tizimidagi transformatsion jarayonlar hamda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari ko‘rib chiqiladi. Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik kompleksining shakllanishiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilingan. Bunda asosiy e’tibor Barry Buzanning mintaqaviy xavfsizlik komplekslari nazariyasiga qaratilgan bo‘lib, unga ko‘ra davlatlar xavfsizligi geografik yaqinlik va siyosiy manfaatlar asosida o‘zaro bog‘liq holda shakllanadi. Maqolada Markaziy Osiyodagi integratsion jarayonlar, geosiyosiy raqobat, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalar noqonuniy aylanishi, suv-energetika muammolari hamda transchegaraviy tahdidlarning mintaqaviy xavfsizlikka ta’siri yoritilgan. Shuningdek, Afg‘oniston omilining mintaqa barqarorligidagi o‘rni va ahamiyati tahlil etilgan.