BOLALAR RIVOJLANISHIDAGI MUAMMOLARNI O'Z VAQTIDA ANIQLASHDA ERTA TASHXISNING PEDAGOGIK VA IJTIMOIY AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada bolalar rivojlanishidagi jismoniy, nutqiy, sensor va psixofizik nuqsonlarni erta aniqlashning pedagogik, psixologik hamda ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, erta tashxis va ilk aralashuv dasturlarining shakllanish tarixi, ularning bolalar rivojlanishidagi o‘rni hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Bundan tashqari, ota-onalar, pedagoglar, psixologlar va tibbiyot mutaxassislarining hamkorligi, zamonaviy prenatal diagnostika va korreksion-pedagogik yordamning bola rivojlanishidagi o‘rni ochib berilgan. Izlanishlar natijasida rivojlanishdagi muammolarni barvaqt aniqlash va o‘z vaqtida kompleks yordam ko‘rsatish bolaning keyingi intellektual, ijtimoiy hamda emotsional rivojlanishini samarali tashkil etishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.
Not yet translated