MAMLAKATIMIZDA INVESTITSIYA MUHITINI YAXSHILASH VA INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH UCHUN OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Abstract
Ushbu maqolada mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash va investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan islohotlarning mazmuni, asosiy yo‘nalishlari hamda ularning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilamiz. Olib borilgan tadqiqotlarimiz davomida investitsiya muhitining asosiy ko‘rsatkichlariga baho berib, xorijiy va mahalliy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish omillari aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda, investitsion jozibadorlikni oshirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqamiz. Erishilgan natijalar esa mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsion faollikni kuchaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.