KANJI VA OMONIMLIK: YAPON TILIDAGI MA'NO FARQLASH USULLARI
Abstract
Yapon tili dunyodagi eng murakkab va o‘ziga xos tillardan biri hisoblanadi. Ushbu murakkablikning asosiy sabablaridan biri yapon tilida omonimlarning nihoyatda ko‘pligidir. Omonimlik hodisasi bir xil talaffuz qilinadigan, ammo ma’nosi turlicha bo‘lgan so‘zlarning mavjudligini anglatadi. Yapon tilida fonetik birliklar sonining nisbatan cheklanganligi sababli bir xil talaffuzga ega bo‘lgan so‘zlar juda ko‘p uchraydi. Ayniqsa xitoy tilidan kirib kelgan kanji asosidagi so‘zlar yapon tilidagi omonimlik hodisasining kuchayishiga sabab bo‘lgan. Agar yapon tilida faqat fonetik yozuv tizimi mavjud bo‘lganida, matnni tushunish ancha qiyinlashgan bo‘lar edi. Chunki bir xil talaffuzga ega bo‘lgan ko‘plab so‘zlarning ma’nosini farqlash murakkab bo‘lib qolardi. Shu sababli kanji tizimi yapon tilida nafaqat yozuv vositasi, balki semantik aniqlikni ta’minlovchi muhim lingvistik mexanizm sifatida ham xizmat qiladi. Kanji yapon tilida ma’nolarni vizual ravishda ajratib ko‘rsatadi va omonim birliklarni farqlash imkonini beradi. Shu jihatdan kanji tizimi yapon tilining semantik strukturasida markaziy o‘rin egallaydi. Mazkur maqolada yapon tilidagi omonimlik hodisasi, uning yuzaga kelish sabablari, kanjining ma’no farqlashdagi roli hamda yapon tilida ma’noni aniqlashtirishning boshqa lingvistik usullari keng yoritiladi.
Not yet translated