KICHIK MAKTAB YOSHI O'QUVCHILARIDA ART TERAPIYA ORQALI TASAVVUR VA IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda art terapiya vositasida tasavvur va ijodkorlikni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi. Tadqiqotda rasm chizish, kollaj, ranglar bilan ishlash va ijodiy hikoya tuzish kabi art terapiya usullari orqali bolalarning tasavvur doirasi kengayishi va ijodiy fikrlash qobiliyati rivojlanishi aniqlandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, muntazam art terapiya mashg‘ulotlari o‘quvchilarning emotsional holatini barqarorlashtiradi, erkin ifoda etish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, ularning darsga qiziqishi ortib, ijodiy faolligi kuchayadi. Tadqiqot o‘qituvchi va psixolog hamkorligi hamda individual yondashuv ushbu jarayon samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi. Maktab va uy sharoitida art terapiya elementlarini qo‘llash bolalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.