Skip to main content
Other

O'ZBEKISTON DUKAKLI DON MAHSULOTLARINING XALQARO VA YEVROPA ITTIFOQI STANDARTLARIGA MUVOFIQLIGINING QIYOSIY-STATISTIK TAHLILI

M.I.OdinayevDotsent, Toshkent davlat agrar universitetiU.Ch.Jo'rayevAssistent, Toshkent davlat agrar universitetiO'.X.XojimatovaMagistrant, Toshkent davlat agrar universiteti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yetishtirilayotgan asosiy dukakli ekinlar — no‘xat, loviya va mosh mahsulotlarining sifat hamda xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlar va Yevropa Ittifoqi (YI) texnik reglamentlari talablari bilan qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot davomida mahalliy mahsulotlarning laboratoriya ko‘rsatkichlari xalqaro Kodeks Alimentarius va Yevropa Ittifoqining pestitsidlar hamda og‘ir metallar miqdoriga qo‘ygan qat’iy me’yorlari asosida statistik solishtirilgan. Maqolada O‘zbekiston dukakli mahsulotlarining tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligi baholanib, ularning xalqaro talablarga muvofiqlik darajasi aniqlangan. Shuningdek, eksport geografiyasini kengaytirishda sifat nazorati tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references