Skip to main content
Other

KORXONA BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI TIZIMLARINING O'RNI

R. N. NuriddinovMagistrant, Belarus-O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutiU.Ch.Jo'rayevAssistent, Toshkent davlat agrar universiteti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy korxonalar barqarorligini ta’minlashda oziq-ovqat xavfsizligi tizimlarining, xususan, xalqaro menejment standartlarining tutgan o‘rni va iqtisodiy ahamiyati ilmiy jihatdan o‘rganilgan. Xalqaro adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida xavfsizlik menejmenti korxonaning nafaqat sanitariya-gigiyena holatini, balki uning moliyaviy barqarorligi, eksport salohiyati va korporativ obro‘sini belgilovchi strategik omil ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqotda standartlashtirish jarayonlarining soha iqtisodiyotiga ta’siri baholanib, 2025-yilga qadar respublika miqyosida strategik maqsadli ko‘rsatkichlar sifatida ISO 22000 standartini 45 ta hamda HACCP tizimini 81 ta korxonada joriy etish orqali tarmoqning uzoq muddatli barqarorligiga erishish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, maqolada ishlab chiqarish amaliyotida kuchli oziq-ovqat xavfsizligi madaniyatini shakllantirish va xalqaro talablarga moslashish orqali korxonalarning global bozordagi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar taqdim etilgan.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references