DARS – TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI
Abstract
Ushbu maqolada darsning ta'lim jarayonidagi oʻrni, uning pedagogik faoliyatni tashkil etishdagi ahamiyati hamda zamonaviy darslarga qoʻyilayotgan talablar ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Darsning maqsadi, mazmuni, tuzilishi va bosqichlari yoritilib, ta'lim samaradorligini oshirishda interaktiv metodlar hamda innovatsion texnologiyalarning oʻrni keng ochib berilgan. Shuningdek, oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi hamkorlik muhiti, oʻquvchi faolligini rivojlantirish, mustaqil fikrlashni shakllantirish hamda kompetensiyaviy yondashuv asosida darslarni tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Maqolada darsning nafaqat bilim beruvchi, balki tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalari ham zamonaviy pedagogika nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Mazkur tadqiqot natijalari pedagoglar, talabalar va ilmiy izlanuvchilar uchun amaliy hamda nazariy ahamiyat kasb etadi.
Not yet translated