TA'LIM JARAYONIDA REFLEKSIV YONDASHUVNING O'RNI VA PEDAGOGIK STRATEGIYALARI
Abstract
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida refleksiv yondashuvni qo‘llashning nazariy va amaliy asoslari chuqur tahlil qilingan. Refleksiya zamonaviy pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismi sifatida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, o‘z faoliyatini baholashi, xatolarni aniqlashi hamda kelgusidagi rivojlanish strategiyalarini belgilashida muhim omil ekanligi yoritilgan. Tadqiqot davomida refleksiv yondashuvning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni, ayniqsa, o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi subyekt-subyekt munosabatlarini shakllantirish, interaktiv hamkorlik muhitini yaratish hamda metakognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik strategiyalar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada refleksiv suhbat, o‘z-o‘zini tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni baholash, individual fikr yuritish va guruhli muhokama kabi metodlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot natijalari refleksiv yondashuvning ta’lim sifatini oshirish, shaxsning intellektual va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash hamda innovatsion pedagogik faoliyatni takomillashtirishdagi ahamiyatini ko‘rsatadi.
Not yet translated