AVTOMOBIL KUZOV CHIQINDILARIDAN FOYDALANGAN HOLDA INDUKSION PECHDA CHO'YAN ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Maqolada avtomobil kuzov chiqindilaridan ikkilamchi metall xomashyo sifatida foydalanish asosida induksion pechlarda cho‘yan ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari tahlil qilingan. So‘nggi yillarda olib borilgan mahalliy va xorijiy tadqiqotlar natijalari umumlashtirilib, induksion pechlarning energiya samaradorligi, ekologik afzalliklari, eritish jarayonining texnologik parametrlarini optimallashtirish hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotlar tahlili avtomobil kuzov chiqindilaridan foydalanish metallurgiya korxonalarida resurslardan samarali foydalanish, energiya sarfini kamaytirish va ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligini ta’minlashning muhim yo‘nalishi ekanligini ko‘rsatdi.
Not yet translated