Skip to main content
Other

KIBERTOVLAMACHILIKNI KVALIFIKATSIYA QILISHDA AXBOROT RESURSIGA QARATILGAN TAHDIDNING JINOIY-HUQUQIY AHAMIYATI

Abduraxmonov Abduazim Ravshanbek o'g'liToshkent davlat yuridik universiteti Huquq va texnologiyalar sho'basi Kiber huquq mutaxassisligi magistranti
ABI

Abstract

Mazkur tezisda kibertovlamachilik jinoyatini kvalifikatsiya qilishda axborot resursiga qaratilgan tahdidning jinoiy-huquqiy ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar tovlamachilik jinoyatining sodir etilish usulini o‘zgartirib, jabrlanuvchiga axborot resursi, akkaunt, shaxsiy ma’lumot, server yoki elektron yozishmalar orqali bosim o‘tkazish imkonini yuzaga keltirdi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasida jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish bilan qo‘rqitish belgilarining nazarda tutilgani kibermakonda sodir etiladigan tovlamachilikni baholash uchun muhim huquqiy asos hisoblanadi. Tezisda kibertovlamachilikni kvalifikatsiya qilishda uch mezon — tahdidning raqamli mazmuni, mulkiy talabning mavjudligi va raqamli dalillar ishonchliligi — alohida ajratib ko‘rsatiladi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references