Skip to main content
Other

TA'LIM MUASSASASIDA METODIK ISHLARNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA SAMARALI MODELLARI

Ataxo'jayeva Shaxlo AnvarovnaUniversity of Business and Science dotsenti, ps.f.f.d. (PhD)Ahmadjonova Barnoxon Abdulxodi qiziUniversitey of Business and Science, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi, 2-bosqich talabasi
ABI

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada ta’lim muassasalarida metodik ishlarni boshqarishning zamonaviy tendensiyalari, innovatsion modellari hamda samarali tashkiliy mexanizmlari keng tahlil qilingan. Tadqiqot davomida metodik xizmat faoliyatini raqamlashtirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, metodik birlashmalar faoliyatini takomillashtirish va ta’lim jarayoniga interfaol texnologiyalarni joriy etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, metodik boshqaruvning ta’lim sifati, pedagogik samaradorlik va o‘quvchilarning bilim natijalariga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada monitoring, tahlil va refleksiv yondashuvlar asosida metodik ishlarni muvofiqlashtirishning samarali usullari ko‘rsatilib, zamonaviy boshqaruv modeli sifatida innovatsion metodik tizimning afzalliklari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida metodik faoliyatni yanada rivojlantirish, pedagoglarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references