MANNON UYGʻUR IJODI (REJISSURA VA SAHNA ORTI JARAYONLARI)
Abstract
Ushbu maqola oʻzbek milliy teatr san'atining atoqli namoyandasi Mannon Uygʻurning ijodiy faoliyatini, xususan, uning rejissyorlik mahorati va sahna orti jarayonlariga bagʻishlangan. Unda Uygʻurning spektakllarni yaratishdagi yondashuvlari, aktyorlar bilan ishlash usullari hamda sahna asarining tugʻilishidagi koʻzga koʻrinmas mehnat jarayonlari chuqur tahlil etiladi. Maqola Mannon Uygʻurning rejissyorlik uslubining oʻziga xos xususiyatlarini ochib berish bilan birga, uning oʻzbek teatri rivojiga qoʻshgan hissasi yangi rakursdan yoritiladi. Tadqiqot teatrshunoslikda kam oʻrganilgan sahna orti jarayonlariga e'tibor qaratib, uning ijodiy merosini toʻliqroq anglashga xizmat qiladi. Natijada, oʻzbek teatrining oltin davri va uning shakllanishidagi muhim shaxsning faoliyati keng qamrovli tarzda oʻrganiladi.