Skip to main content
Other

ESTETIK EHTIYOJ VA IJODKORLIK UYG'UNLIGI SHAXS KAMOLOTINING MADANIY-FALSAFIY MEZONI SIFATIDA

Mirzayeva Shahrizoda Shuhratjon qiziO'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy etika yo'nalishi 3-kurs talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Maqolada estetik ehtiyoj va ijodkorlik uyg‘unligining shaxs kamolotidagi madaniy-falsafiy ahamiyati tahlil qilinadi. Estetik ehtiyoj insonning go‘zallikni idrok etish, baholash, undan zavqlanish va uni yaratishga bo‘lgan ichki ma’naviy talabi sifatida talqin etiladi. Ijodkorlik esa ana shu ehtiyojning faol, yaratuvchan va ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi namoyon bo‘lish shakli sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda estetik ehtiyojning shaxs axloqiy qiyofasi, badiiy-estetik didi, ma’naviy sezgirligi, milliy qadriyatlarga munosabati va madaniy faolligini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada o‘zbek, rus va xorijiy ilmiy manbalar asosida estetik tarbiya, san’at, go‘zallik, ijodiy tafakkur va barkamol shaxs tarbiyasi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib beriladi. Xulosa qismida yoshlarning estetik ehtiyojini ijodkorlik bilan uyg‘un rivojlantirish, ta’lim muassasalarida san’at, adabiyot, milliy meros va amaliy ijodiy faoliyatdan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references