KIBERTOVLAMACHILIKNI KVALIFIKATSIYA QILISHDA AXBOROT RESURSIGA QARATILGAN TAHDIDNING JINOIY-HUQUQIY AHAMIYATI
Abstract
Mazkur tezisda kibertovlamachilik jinoyatini kvalifikatsiya qilishda axborot resursiga qaratilgan tahdidning jinoiy-huquqiy ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar tovlamachilik jinoyatining sodir etilish usulini o‘zgartirib, jabrlanuvchiga axborot resursi, akkaunt, shaxsiy ma’lumot, server yoki elektron yozishmalar orqali bosim o‘tkazish imkonini yuzaga keltirdi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasida jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish bilan qo‘rqitish belgilarining nazarda tutilgani kibermakonda sodir etiladigan tovlamachilikni baholash uchun muhim huquqiy asos hisoblanadi. Tezisda kibertovlamachilikni kvalifikatsiya qilishda uch mezon — tahdidning raqamli mazmuni, mulkiy talabning mavjudligi va raqamli dalillar ishonchliligi — alohida ajratib ko‘rsatiladi.
Not yet translated