Skip to main content
Other

PEDAGOGIK MULOQOT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Ataxo'jayeva Shaxlo AnvarovnaUniversity of Business and Science dotsenti, ps.f.f.d. (PhD)Abduqahharova Sarvinoz Samadjon qiziUniversitey of Business and Science, O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi, 2-bosqich talabasi,
ABI

Abstract

Mazkur maqolada pedagogik muloqot madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari keng tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samarali kommunikativ munosabatlarni rivojlantirish, pedagogning nutq madaniyati, psixologik yondashuvi va kasbiy etikasi muhim omil sifatida yoritilgan. Tadqiqotda pedagogik muloqotning ta’lim sifati, o‘quvchilarning motivatsiyasi va ijtimoiy-psixologik muhitga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada pedagogik muloqot madaniyatini rivojlantirishda interfaol metodlar, refleksiv yondashuvlar, kommunikativ kompetensiyalar va raqamli texnologiyalarning o‘rni ochib berilgan. Pedagogik faoliyatda ijobiy emotsional muhit yaratish, o‘quvchilar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayonida insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish masalalari batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalari pedagogik muloqot madaniyatini rivojlantirish o‘qituvchining kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim samaradorligini kuchaytirish va sog‘lom pedagogik muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references