OLIY TA'LIM JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING QO'LLANILISHI: YUTUQLAR VA KAMCHILIKLAR
Abstract
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi, samaradorligi va istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot mashinaviy o‘rganish, tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) va adaptiv ta’lim tizimlarining o‘quv jarayonini optimallashtirishdagi roli bilan bog‘liq. Shuningdek, yutuqlar va kamchiliklar tahlil qilinib, yosh avlod fikri asosida progressiv va salbiy jihatlar ko‘rsatildi. Natijalar SI texnologiyalarining oliy ta’lim sifatini oshirish, vaqt va resurslarni tejash, shuningdek, talabalar faolligini kuchaytirishda samarali ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, texnologiyaga haddan tashqari bog‘liqlik va akademik halollik muammolari kabi kamchiliklar ham mavjudligi qayd etildi.
Not yet translated