ANALYSIS OF MATERIAL CULTURAL HERITAGE TRADITIONS BASED ON ANTHROPOLOGICAL SCIENTIFIC APPROACHES
Abstract
Ushbu maqolada moddiy madaniy merosni o‘rganishda antropologik yondashuvlarning o‘rni tahlil qilingan. Moddiy madaniy meros arxeologik topilmalar, hunarmandchilik buyumlari, me’moriy obidalar va uy-ro‘zg‘or jihozlari orqali jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini aks ettiradi. Antropologik tadqiqot buyumlarni nafaqat tarixiy obida sifatida, balki inson faoliyati va madaniy tajribaning ifodasi sifatida ko‘rib chiqadi. Maqolada funksional, ramziy va etnoarxeologik yondashuvlar, shuningdek, etnografik kuzatuv, material tahlil, komparativ va madaniyatlararo metodlarning qo‘llanilishi yoritilgan. Shuningdek, globallashuv sharoitida moddiy madaniy merosni saqlash, hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash, muzey va turizmni rivojlantirishda antropologik yondashuvlarning ahamiyati ta’kidlangan.
Not yet translated