DAVLAT BOSHQARUVIDA INSON QADRI KONSEPSIYASINING USTUVOR YO'NALISHLARI
Abstract
Ushbu maqolada davlat boshqaruvida inson qadri konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy boshqaruv tizimlarida fuqaroga yo‘naltirilgan yondashuv, raqamli transformatsiya, ijtimoiy adolat va fuqarolik jamiyati institutlarining roli ko‘rib chiqiladi. Inson qadri konsepsiyasi davlat siyosatining markaziy g‘oyasi sifatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish masalalari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari inson qadri tamoyilining zamonaviy davlat boshqaruvida strategik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Not yet translated