Skip to main content
Other

FARG'ONA VILOYATIGA INTRODUKSIYA QILINGAN ROZATSIYA OILASINING (RA'NODOSHLAR OILASI) XOMASHYOBOB O'SIMLIKLARI VA ULARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Valijon MahmudovFarDU dotsenti, b.f.n,Barnoxon RahmatjonovaFarDU, 1-kurs magistrantiMuhayyo MadaminovaFarDU, 1-kurs magistranti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada Farg‘ona viloyatining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitiga introduksiya qilingan Ra’nodoshlar (Rosaceae) oilasiga mansub xomashyobob o‘simliklarning bioekologik xususiyatlari, o‘sishi, rivojlanishi va moslashish (iqlimlashtirish) jarayonlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Farmatsevtika, oziq-ovqat va kosmetika sanoati uchun qimmatli xomashyo (vitaminlar, efir moylari, flavonoidlar, oshlovchi moddalar) manbai hisoblangan na’matak (Rosa), do‘lana (Crataegus), maymunjon (Rubus) va boshqa turlarning introduksiya sharoitidagi fenologiyasi, qurg‘oqchilikka va sovuqqa chidamliligi kabi ekologik omillarga reaksiyasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari hududda yangi xomashyo bazalarini yaratish va plantatsiyalar tashkil etish uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references