Skip to main content
Other

THEORETICAL AND PEDAGOGICAL BASIS OF DEVELOPING COMMUNICATION COMPETENCE IN FUTURE TEACHERS

Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda muloqot kompetensiyasini rivojlantirish masalasining nazariy-pedagogik asoslari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi muloqot kompetensiyasining mazmuni, tarkibiy tuzilmasi hamda uning pedagogik faoliyat samaradorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish hamda tizimli yondashuv metodlaridan foydalanildi. Natijada muloqot kompetensiyasining motivatsion, kognitiv, amaliy-operatsion va refleksiv komponentlardan iborat ekanligi asoslab berildi hamda ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi yoritildi. Shuningdek, muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda kompetensiyaviy, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatga yo‘naltirilgan va integrativ yondashuvlarning metodologik imkoniyatlari aniqlashtirildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak o‘qituvchilarda muloqot kompetensiyasini samarali rivojlantirish uchun kommunikativ ta’lim muhitini yaratish, interaktiv metodlardan foydalanish, refleksiv faoliyatni tashkil etish hamda zamonaviy elektron ta’lim resurslarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Xulosa sifatida, muloqot kompetensiyasi pedagogik faoliyatning samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.

Not yet translated

Citations and references

Cited by 00 references