Skip to main content
Other

MAIN FACTORS AFFECTING THE FORMATION OF CREATIVE THINKING IN TEACHING PHYSICS AND THEIR PEDAGOGICAL SIGNIFICANCE

Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada fizika fanini o‘qitish jarayonida talabalarda ijodiy tafakkurni shakllantirishga ta’sir etuvchi asosiy pedagogik va metodik omillar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijodiy tafakkurning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni, fizika ta’limining mazmuni va uning zamonaviy ta’lim talablariga mosligi asoslab beriladi. Shuningdek, fizika darslarida muammoli ta’lim, interfaol metodlar, tajriba va laboratoriya ishlari, loyiha faoliyati, innovatsion texnologiyalar hamda fanlararo integratsiya kabi yondashuvlarning ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Maqolada o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi, motivatsion muhit yaratish, mustaqil izlanish va tadqiqot faoliyatini tashkil etish ijodiy tafakkurni shakllantirishning muhim sharti sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, fizikani o‘qitishda ijodiy tafakkurni rivojlantirish jarayoni tizimli yondashuv asosida tashkil etilganda, talabalarning analitik fikrlash, muammoni hal etish va ilmiy tadqiqot ko‘nikmalari sezilarli darajada takomillashadi. Mazkur maqola natijalari oliy ta’lim va umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish metodikasini boyitish, innovatsion ta’lim strategiyalarini amaliyotga joriy etish hamda kreativ kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Not yet translated

Citations and references

Cited by 00 references