Skip to main content
Other

COMPOSITION OF COMPETENCES RELATED TO BULLYING IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION

Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Maqolada zamonaviy ta’lim muhitida dolzarb bo‘lib borayotgan bulling muammosi hamda uning o‘quvchilarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishiga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarda bullingning oldini olishga qaratilgan kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish masalasi yoritilgan. Mazkur kompetensiya kognitiv (bilim), faoliyatiy (ko‘nikma) va affektiv (munosabat) komponentlar asosida tizimli ravishda tahlil qilinadi. Maqolada bulling hodisasining nazariy asoslari, psixologik va ijtimoiy omillari, diagnostika mezonlari hamda pedagogik aralashuv strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bulling profilaktikasini tashkil etishda o‘qituvchining empatiya, insonparvarlik, adolatga sodiqlik kabi affektiv sifatlari muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bullingga oid kompetensiyalarni shakllantirish integratsiyalashgan pedagogik yondashuv, zamonaviy ta’lim modellaridan foydalanish hamda nazariy va amaliy tayyorgarlikning uyg‘unligi asosida samarali amalga oshirilishi mumkin.

Not yet translated

Citations and references

Cited by 00 references