Skip to main content
Other

SOCIAL INTELLIGENCE OF STUDENTS: PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF EFFECTIVE PARTNERSHIP WITH PARENTS

Open MINDrepository2026uz
ABI

Abstract

Mazkur maqolada o‘quvchilarning ijtimoiy intellektini shakllantirish jarayonida ota–onalar bilan hamkorlikning pedagogik asoslari ilmiy–nazariy jihatdan tahlil etilgan. Ijtimoiy intellekt shaxsning ijtimoiy muhitda samarali muloqotga kirisha olishi, hamkorlik faoliyatini tashkil etishi hamda ijtimoiy vaziyatlarga moslashuvchan munosabat bildirish qobiliyati sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot doirasida ota–onalar bilan hamkorlik o‘quvchilarda kommunikativ, ijtimoiy va reflektiv kompetensiyalarni shakllantirishning muhim omili sifatida asoslangan. Pedagogik hamkorlik jarayoni oila va maktabning uzviy aloqasi, tarbiyaviy ta’sirning uyg‘unligi hamda shaxs rivojida ijtimoiy muhitning rolini kuchaytirish orqali ijtimoiy intellekt rivojiga xizmat qiluvchi omil sifatida ko‘rib chiqilgan. Mazkur hamkorlikning samarali tashkil etilishi o‘quvchilarda ijtimoiy tajriba, jamoada ishlash ko‘nikmalari va empatik munosabatlarni rivojlantirish imkonini berishi ilmiy dalillar asosida asoslab berilgan.

Not yet translated

Citations and references

Cited by 00 references