Skip to main content
Other

ISHLAB CHIQARISH SANOATI CHIQINDILARIDAN LITIY IONLARINI AJRATIB OLISHDA GIDROMETALLURGIK USULLARNING SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISH

Komilov Botir Asqar og'liQarshi davlat texnika universiteti, assistent
ABI

Abstract

Mazkur tadqiqot ishida ishlab chiqarish sanoati chiqindilari va foydalanish muddati tugagan litiy-ionli batareyalardan litiy ionlarini gidrometallurgik usullar yordamida ajratib olish samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida batareya chiqindilariga dastlab termik ishlov berilib, keyinchalik sulfat kislotali eritmalarda eritish jarayonlari amalga oshirildi. Jarayon parametrlarining, jumladan, harorat, eritish davomiyligi, kislota konsentratsiyasi va qaytaruvchi reagentlarning litiy ionlarining eritmaga o‘tish darajasiga ta’siri tahlil qilindi. Natijalar termik ishlov berish metall oksidlarning faol yuzasini oshirishini va gidrometallurgik eritish samaradorligini yaxshilashini ko‘rsatdi. Vodorod peroksid qo‘llanilganda litiy bilan bir qatorda nikel, kobalt va marganes ionlarining eritmaga o‘tish darajasi ortishi aniqlandi. Olingan natijalar gidrometallurgik texnologiyalar energiya sarfining kamligi, ekologik xavfsizligi hamda qimmatbaho metall resurslarini qayta tiklash imkoniyati bilan istiqbolli usul ekanligini tasdiqladi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references