TEXNOGEN CHIQINDILAR TARKIBIDAN LITIY MAHSULOTLARINI EKSTRAKSIYA QILISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Mazkur tadqiqot ishida texnogen chiqindilar tarkibidan litiy mahsulotlarini ekstraksiya qilish texnologiyasini takomillashtirish masalalari o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida foydalanish muddati tugagan litiy-ionli batareyalar va litiy saqlovchi texnogen chiqindilar tanlab olindi. Ish davomida namunalarni termik aktivlashtirish, kislotali eritish hamda adsorbsion ajratish jarayonlari amalga oshirildi. Gidrometallurgik jarayonlarda sulfat va xlorid kislotali eritmalardan foydalanilib, harorat, reagent konsentratsiyasi, eritish davomiyligi hamda pH muhitining litiy ionlarining eritmaga o‘tish darajasiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari termik ishlov berish metall oksidlarning faol yuzasini oshirishi va litiy ekstraksiyasi samaradorligini yaxshilashini ko‘rsatdi. Li₂TiO₃ va H₂TiO₃ asosidagi ion elaklari yuqori selektivlikka ega ekanligi aniqlandi. Rentgen-difraksion va SEM tahlillar adsorbentlarning barqaror kristall tuzilishi hamda rivojlangan g‘ovak yuzaga ega ekanligini tasdiqladi. Olingan natijalar texnogen chiqindilarni qayta ishlashda gidrometallurgik va adsorbsion texnologiyalarning istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi.
Not yet translated