TANNARX YOZUVLARI (RECORDS)
Abstract
Mazkur maqolada korxonalarda tannarx yozuvlarini yuritishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, ishlab chiqarish xarajatlarini hujjatlashtirish, ularni guruhlash, hisob registrlarida aks ettirish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Tannarx yozuvlarining aniqligi korxonaning moliyaviy natijalari, mahsulot tannarxini shakllantirish va resurslardan foydalanish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy boshqaruv hisobi sharoitida raqamlashtirilgan hisob tizimlari va avtomatlashtirilgan yozuvlarning afzalliklari ochib berilgan. Tadqiqot davomida tannarx yozuvlarini takomillashtirish orqali xarajatlar ustidan nazoratni kuchaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda korxona raqobatbardoshligini mustahkamlash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola natijalari ishlab chiqarish korxonalari faoliyatida boshqaruv hisobi tizimini rivojlantirish va tannarx ma’lumotlarining ishonchliligini oshirishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Not yet translated