KORXONA XARAJATLARINI MENEJMENT MAQSADLARIDA TASNIFLASH ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada korxona xarajatlarini menejment maqsadlarida tasniflashning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etilgan. Xususan, xarajatlarni boshqaruv qarorlarini qabul qilish, rejalashtirish, nazorat qilish hamda korxona faoliyati samaradorligini baholashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida xarajatlarning doimiy va o‘zgaruvchan, bevosita va bilvosita, nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan, relevant va norelevant kabi turlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, korxonalarda xarajatlarni to‘g‘ri tasniflash boshqaruv hisobining sifatini oshirishi, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashi hamda strategik qarorlar samaradorligini kuchaytirishi asoslab berilgan. Maqolada zamonaviy boshqaruv tizimida xarajatlar tasnifining iqtisodiy barqarorlik va raqobatbardoshlikni ta’minlashdagi o‘rni yuzasidan muhim xulosalar ishlab chiqilgan.
Not yet translated