SHARTNOMA KOSTINGI
Abstract
Mazkur maqolada shartnoma kostingi tizimining nazariy asoslari, amaliy qo‘llash mexanizmlari hamda korxonalarda xarajatlarni boshqarishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Ayniqsa, uzoq muddatli va individual buyurtmalar asosida amalga oshiriladigan qurilish, sanoat va xizmat ko‘rsatish faoliyatida shartnoma kostingining o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot davomida xarajatlarni aniq obyektlar kesimida hisobga olish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda moliyaviy natijalarni haqqoniy aks ettirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, shartnoma asosida bajariladigan ishlar bo‘yicha tannarxni shakllantirishda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy jihatdan asoslangan. Maqolada zamonaviy boshqaruv hisobi yondashuvlari asosida shartnoma kostingini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari taklif etilib, ushbu tizim korxonalarning iqtisodiy barqarorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashdagi muhim vositalardan biri ekanligi yoritilgan.
Not yet translated