Skip to main content
Other

ZAXIRALARNING BUZILISHI, QAYTA ISHLANISHI YOKI CHIQARIB TASHLANISHI (SPOILAGE, REWORK AND SCRAP)

Xudaynazarova Dilnoza GafurovnaSamarqand iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi katta o'qituvchisiSersenbayeva RoxilaSamarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada ishlab chiqarish jarayonida uchraydigan zaxiralarning buzilishi, qayta ishlanishi hamda chiqarib tashlanishi bilan bog‘liq iqtisodiy va boshqaruv jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda spoilage, rework va scrap holatlarining korxona xarajatlari, mahsulot tannarxi hamda ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, nuqsonli mahsulotlarning yuzaga kelish sabablari, ularni hisobga olish tartibi va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish, yo‘qotishlarni kamaytirish hamda sifat nazoratini kuchaytirish orqali korxonalarda iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida boshqaruv hisobi tizimini takomillashtirish va tannarxni optimallashtirishda muhim nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references