TANNARXNI TAQSIMLASH, XARIDOR - FOYDALILIK TAHLILI (CUSTOMER-PROFITABLITY ANALYSIS) VA SOTISH - FARQLI TAHLIL (VARIANCE ANALYSIS)
Abstract
Mazkur maqolada tannarxni taqsimlash usullarining korxona boshqaruvidagi ahamiyati, xaridorlar kesimida foydalilikni baholashning amaliy jihatlari hamda sotish faoliyatida yuzaga keladigan farqlanishlarni tahlil qilish mexanizmlari tadqiq etilgan. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlash korxona rentabelligini aniqlashda muhim omil ekani asoslab berilgan. Shuningdek, Customer-Profitability Analysis yondashuvi orqali korxona uchun yuqori qiymat yaratuvchi xaridorlar segmentini aniqlash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Sotish bo‘yicha farqli tahlil esa rejalashtirilgan va amaldagi natijalar o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlash, ularning sabablarini baholash hamda boshqaruv qarorlarini takomillashtirishdagi o‘rni bilan yoritilgan. Tadqiqot natijasida tannarxni samarali taqsimlash, xaridorlar foydaliligini monitoring qilish va variance analysis usullaridan foydalanish korxonalarda moliyaviy barqarorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qilishi aniqlangan.
Not yet translated