Skip to main content
Other

MENEJMENTLIK BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISHNING AVTONOM VA INTEGRATSIYALASHGAN TIZIMLARI.

Xudaynazarova Dilnoza GafurovnaSamarqand iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi katta o'qituvchisiXasanov AsadbekSamarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada menejmentlik buxgalteriya hisobini tashkil etishning avtonom va integratsiyalashgan tizimlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ushbu tizimlarning iqtisodiy mazmuni, boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati hamda korxona faoliyati samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Avtonom tizimda moliyaviy va boshqaruv hisobining alohida yuritilishi natijasida ichki nazorat va maxfiy boshqaruv ma’lumotlarining aniqligi ta’minlanishi asoslab berilgan. Integratsiyalashgan tizimda esa hisob axborotlarining yagona bazada shakllanishi, resurslardan oqilona foydalanish hamda tezkor boshqaruv imkoniyatlari kengayishi tahlil etilgan. Shuningdek, korxonaning faoliyat turi, tashkiliy tuzilmasi va strategik maqsadlaridan kelib chiqib, qaysi tizimdan foydalanish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda zamonaviy boshqaruv hisobini samarali tashkil etish va boshqaruv qarorlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references