SHARTNOMA KOSTINGI
Abstract
Mazkur maqolada shartnoma kostingi tizimining korxonalarda xarajatlarni boshqarish va moliyaviy natijalarni aniqlashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida shartnoma asosida bajariladigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida xarajatlarni hisobga olish usullari, ularning shakllanish bosqichlari hamda tannarxni aniqlash mexanizmlari o‘rganildi. Shuningdek, shartnoma kostingining amaliy jihatlari, ayniqsa qurilish, loyiha faoliyati va individual buyurtmalar asosida ishlovchi korxonalardagi qo‘llanilish xususiyatlari yoritilgan. Maqolada xarajatlarni aniq nazorat qilish, resurslardan oqilona foydalanish va moliyaviy samaradorlikni oshirishda mazkur tizimning o‘rni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida shartnoma kostingini samarali tashkil etish korxonalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini yaxshilashi va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi aniqlangan.
Not yet translated