Skip to main content
Other

BOSHQARUV HISOBINING MOLIYAVIY HISOB HAMDA TANNARX HISOBI BILAN ALOQALARI VA FARQLI JIHATLARI

Xudaynazarova Dilnoza GafurovnaSamarqand iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi katta o'qituvchisiXoliqulov IslombekSamarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada boshqaruv hisobining moliyaviy hisob hamda tannarx hisobi bilan o‘zaro bog‘liqligi, ularning funksional vazifalari va amaliy qo‘llanish doiralari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida boshqaruv hisobining korxona faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, moliyaviy hisob tashqi foydalanuvchilar uchun axborot tayyorlashga yo‘naltirilgani, tannarx hisobi esa mahsulot va xizmatlar qiymatini aniqlash hamda xarajatlarni nazorat qilishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Maqolada ushbu hisob turlari o‘rtasidagi integratsion bog‘liqlik, ularning axborot bazasi, maqsadi va foydalanuvchilari nuqtayi nazaridan mavjud farqli jihatlar tizimli ravishda yoritilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish va iqtisodiy qarorlar sifatini oshirishda boshqaruv hisobining muhim instrument ekanligini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references