QIYMAT ZANJIRI TAHLILI VA MUVAFFAQIYATLAR KALITI OMILLARI
Xudaynazarova Dilnoza GafurovnaSamarqand iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi katta o'qituvchisiErgashev AbdurahmonSamarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
ABI
Abstract
Ushbu maqolada qiymat zanjiri tahlilining korxona raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni hamda muvaffaqiyatning kalit omillarini aniqlash va baholash masalalari yoritiladi. Tadqiqotda qiymat yaratish jarayonining asosiy bosqichlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi va har bir bosqichda samaradorlikni oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, korxonalarning strategik ustunlikka erishishida ichki resurslar va tashqi muhit omillarining ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari korxonalar uchun strategik qarorlar qabul qilishda qiymat zanjiri yondashuvining amaliy ahamiyatini ko‘rsatadi hamda uzoq muddatli raqobat ustunligini shakllantirishga xizmat qiladi.
Not yet translated
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references