Skip to main content
Other

TANNARX TABIATI. O'ZGARUVCHAN TANNARX VA DOIMIY TANNARXI

Xudaynazarova Dilnoza GafurovnaSamarqand iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi katta o'qituvchisiNajmiddinov JavohirSamarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
ABI

Abstract

Mazkur maqolada tannarxning iqtisodiy mohiyati, uning korxona faoliyatidagi ahamiyati hamda ishlab chiqarish samaradorligini baholashdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tannarxning tarkibiy elementlari, ayniqsa o‘zgaruvchan va doimiy tannarxlarning mazmuni, ularning shakllanish omillari hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyektlarda xarajatlarni to‘g‘ri tasniflash va nazorat qilish korxona rentabelligini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligi asoslab berilgan. Maqolada tannarx tahlili orqali ishlab chiqarish hajmi, mahsulot narxi va foyda o‘rtasidagi bog‘liqlik ochib berilib, xarajatlarni samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy xulosalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari korxonalarda boshqaruv hisobini takomillashtirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references