Skip to main content
Other

MAHSULOT TANNARXI TO'G'RISIDAGI HISOBOT

Xudaynazarova Dilnoza GafurovnaSamarqand iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi katta o'qituvchisiNarziyeva Mavsuma
ABI

Abstract

Mazkur maqolada mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobotning korxona boshqaruvidagi o‘rni, uni shakllantirish mexanizmlari hamda tannarx ko‘rsatkichlarining iqtisodiy tahlildagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida ishlab chiqarish xarajatlarini guruhlash, bevosita va bilvosita xarajatlarni hisobga olish, tannarxni kalkulyatsiya qilish usullari hamda hisobot ma’lumotlaridan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalanish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, korxonalarda mahsulot tannarxini aniqlashda uchraydigan amaliy muammolar va ularni bartaraf etishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari mahsulot tannarxi to‘g‘risidagi hisobotni takomillashtirish korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, resurslardan samarali foydalanish hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi. Maqolada tannarx hisobotining axborot salohiyatini kengaytirish va boshqaruv hisobida zamonaviy usullarni qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references