ABC TIZIMINING TANNARX MENEJMENTINI YAXSHILASH VA FOYDALILIKNI OSHIRISHDA FOYDALANISH
Abstract
Mazkur maqolada korxonalarda tannarx menejmentini samarali tashkil etishda ABC (Activity-Based Costing) tizimining ahamiyati, uning amaliy qo‘llash mexanizmlari hamda foydalilikni oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. An’anaviy tannarx hisoblash usullarining cheklangan jihatlari ochib berilib, xarajatlarni faoliyat turlari asosida taqsimlash orqali mahsulot va xizmatlar tannarxini aniq hisoblash imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot davomida ABC tizimi yordamida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ortiqcha xarajatlarni qisqartirish va boshqaruv qarorlarining iqtisodiy asoslanganligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish subyektlarida mazkur tizimni joriy etish orqali rentabellik darajasini oshirish hamda raqobatbardoshlikni mustahkamlash imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Maqola yakunida ABC tizimidan foydalanish korxonalarda strategik boshqaruv va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillaridan biri ekanligi yuzasidan xulosalar keltirilgan.
Not yet translated