SERVIS KOSTINGI
Abstract
Mazkur maqolada servis kosting tizimining korxonalarda boshqaruv hisobi va xarajatlarni nazorat qilishdagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Xizmat ko‘rsatish faoliyatida xarajatlarni aniq hisoblash, ularni xizmat turlari kesimida taqsimlash hamda tannarxni shakllantirishning amaliy mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, servis korxonalarida resurslardan samarali foydalanish, foydalilik darajasini oshirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda servis kosting tizimining ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot davomida xizmat ko‘rsatish sohasiga xos xarajat elementlari, bilvosita xarajatlarni taqsimlash muammolari hamda zamonaviy boshqaruv hisobidagi yondashuvlar tahlil qilinadi. Maqola yakunida servis kosting tizimini takomillashtirish orqali korxonalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Not yet translated