NORMAL KOSTING VA HAQIQIY KOSTING
Abstract
Mazkur maqolada korxonalarda xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini aniqlashda qo‘llaniladigan normal kosting hamda haqiqiy kosting tizimlarining iqtisodiy mohiyati, amaliy ahamiyati va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida ushbu ikki yondashuvning xarajatlarni rejalashtirish, nazorat qilish va moliyaviy natijalarni baholashdagi farqli jihatlari ilmiy hamda amaliy nuqtai nazardan yoritilgan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida me’yoriy xarajatlar asosida og‘ishlarni aniqlash, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda tannarxni optimallashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada normal kosting tizimining tezkor boshqaruv va ichki nazoratdagi ustunliklari, haqiqiy kosting tizimining esa real xarajatlarni aks ettirishdagi aniqligi misollar asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida korxona faoliyatining xususiyatidan kelib chiqib, ushbu tizimlardan oqilona foydalanish boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi xulosa qilingan.
Not yet translated