O'QUV-MASHG'ULOT BOSQICHIDA 12–14 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA TOPNI QABUL QILISH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH: AN'ANAVIY MASHQLAR VA SMART LIGHT TEXNOLOGIYASINING QIYOSIY SAMARADORLIGI
Abstract
Maqolada sport maktablarda (SM) o'quv-mashg'ulot (OM) bosqichidagi 12–14 yoshli voleybolchilarga to'pni qabul qilish ko'nikmasini rivojlantirishda an'anaviy mashqlar (joyida sakrash, mokisimon yugurish) bilan devorga o'rnatilgan Smart Light tizimi (SLT) asosidagi mashqlarning qiyosiy samaradorligi tadqiq etiladi. 12 haftalik pedagogik eksperiment asosida isbotlanishicha, SLT dan foydalanuvchi eksperimental guruh reaksiya vaqti, dinamik muvozanat, periferik ko'rish diapazoni va musobaqa qabul barqarorligi ko'rsatkichlari bo'yicha nazorat guruhiga nisbatan statistik jihatdan muhim ustunlik ko'rsatdi (p<0,001 – p<0,05). Maqolada SLT mashqlari metodikasi, 12 haftalik progressiv dastur va pedagogik tavsiyalar batafsil keltirilgan.
Not yet translated