Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

ABDULLAH QAHHOR HIKOYA NAVIZ

Saidova OzodaQashqadaryo viloyati Kasbi tumani 23 - maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
ABI

Аннотация

Annontatsiya:
Abdulla Qahhor (1907.17.9, Qo‘qon 1968.25.5, Moskva) — Oʻzbekiston
xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tug‘ilgan. Bolaligi Qo‘qon va uning
atrofidagi qishloqlarda o‘tdi. Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi Mamajon qorining usuli
savtiya maktabida tahsil ko‘rdi. Oilasi Qo‘qonga ko‘chib kelgach „Istiqlol“ nomli sho‘ro maktabiga o‘qishga
kiradi, undan internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, so‘ng bilim yurtida
tahsil ko‘radi. Bilim yurtining „Adib“ qo‘lyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan
qatnashadi. Toshkentdagi „Qizil O‘zbekiston“ gazetasi tahririyatining
„Ishchibatrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash
jarayonida O‘rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi
(1928). Abdulla Qahhor yana Qo‘qonga borib, dastlab o‘qituvchilarni qayta
tayyorlash kursida muallimlik qiladi; ko‘p o‘tmay „Yangi Farg‘ona“ viloyat
gazetasiga kotib va „Chig‘iriq“ hajviy bo‘limiga mudir etib tayinlanadi (1929).
Abdulla Qahhorning „Oy kuyganda“ ilk hajviy sheʼri „Mushtum“ jurnalida Norin
shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So‘ng uning bir qancha
hajviy sheʼr va hikoyalari „Mushtum“, „Yangi yo‘l“ jurnallari va „Qizil
O‘zbekiston“ gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi
taxalluslar ostida eʼlon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi
va O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga o‘qishga kiradi
(1930), ayni paytda „Sovet adabiyoti“ jurnalida mas’ul kotib vazifasini bajaradi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0