SINFDAN TASHQARI O'QISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH MAZMUNI
Аннотация
<strong>Annoatsiya:</strong> Mazkur maqolada sinfdan tashqari o‘qish darslarining mazmuni, uni tashkil etish shakllari va foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar birliklari aks etgan. Ertak, hikoya ustida ishlash mazmuni to‘liq ochib berilgan. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishga kichik yoshdagi o‘quvchilarni ona tilini puxta o‘zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta'lim jarayonida ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi kichik yoshdagi o‘quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish,ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir. Sinfdan tashqari o‘qish dasturining mazmuniga ko‘ra ta'limning har bir bosqichida ikki-asosiy bo‘limga ajratiladi. 1-boshqichda o‘qish doirasi, ya'ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi. 2-bosqichda shu o‘quv materiallari asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
Перевод пока недоступен