Перейти к основному содержанию
AkademIndex

Продукты

Для разработчиков

AkademBaseОткрытый API экосистемы
Статья

UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA INTELLEKTUAL O'YINLARDAN FOYDALANISHNING ISTIQBOLLARI (TARIX FANI MISOLIDA)

Mamarasulov Umidjon Kulbek o'g'liJizzax davlat pedagogika instituti ijtimoiy gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi tarix mutaxassisligi 1- kurs magistranti
ABI

Аннотация

<strong>Annotatsiya: </strong>Zamonaviy talab va extiyojlarga mos ravishda ta’lim standartlari o‘zgarmoqda, o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar yangilanib bormoqda. Ta’lim tarbiya jarayonida yangi, samarali o‘quv texnologiyalariga asoslangan metodlardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Ta’limning asosiy vazifasi sifatida esa har tomonlama rivojlagan barkamol insonni tarbiyalashga e’tibor qaratmoqda. Dunyo ta’lim tizimida to‘plangan amaliy tajriba umumta’lim maktablarida intellektual o‘yinlardan dars jarayonida foydalanish o‘quvchilarning ijodkor shaxs sifatida kompleks rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlanmoqda. <strong>Kirish</strong> Hozirgi davrda mamlakatning rivojlanishi faqat mavjud tabiiy boyliklar yoki aholi soniga bog‘liq bo‘lmay qoldi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, kurrai zaminimiz umumiy boyligining 66 foizi — 365 trillion AQSh dollari inson kapitaliga, ya’ni asosan shaxsning ilm darajasiga to‘g‘ri kelmoqda. [1] Shundan kelib chiqqan holda dunyoda ta’lim tizimiga bo‘lgan e’tibor nihoyatda kuchaydi. Asrimiz boshida g‘arbning kuchli rivojlangan davlatlari tomonidan o‘z ta’lim tizimini ishlab chiqdilar. Buning samarasi o‘laroq aynan yevropa davlatlari ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritib kelmoqda. Birgina Finlyandiya davlati dunyoda ta’lim tizimining yaxshi va puxta ishlab chiqqanligi uchun ular barcha xalqaro tadqiqotlar PISA va PIRLS natijalarida yuqori kursatgichlarni zabt etishmoqda. So‘nggi yillarda yurtimizda xam ta’lim tizimida bir qator tub o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning yangi tahrirdan chiqqanligi [2], ta’lim konsepsiyasini qabul qilinganligi qolaversa muhtarram prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qator qaror va farmonlari aynan shu sohani rivojlantirishga qaratganidan xam bilib olishimiz mumkin. Umumta’lim maktablarida dars jarayonini puxta tashkil kilish, zamon talablariga javob beradigan yuksak professional kompetensiyali yoshlarni tarbiyalash eng asosiy vazifamizdir. Davr talablaridan kelib chiqqan holda bugungi kunda maktablarda fanlarni o‘rganish jarayonida interfaol uslublar, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bu orqali esa iqtidorli yoshlarni erta aniqlashga va ularni qiziqishiga qarab yo‘naltirishga imkon beradi.

Перевод пока недоступен

Темы

Идентификаторы

Цитирования и источники

Цитирований: 0Использованных источников: 0